Ilgariroq internet tarmog‘ida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlatlari rahbarlarining yig‘ilishi o‘tkaziladigan kunlarda fuqarolarning Toshkent shahriga kirishi va undan chiqishi cheklanishi haqida xabar tarqalgan edi. Ammo ushbu axborot asossiz bo‘lib, haqiqatga mos kelmaydi, deb ta’kidlanadi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining rasmiy saytida chop etilgan bayonotda.
“Shaharga kirish va undan chiqish qoidalari oddiy tartibda amal qiladi. Faqat tekshiruv tadbirlari kuchaytiriladi”, — deb ta’kidlanadi bayonotda.
Shuningdek, yo‘l harakati qoidalarining buzilish holatlarini hamda yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish maqsadida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi hamda Patrul-post xizmati bo‘linmalari ishtirokida rejali tadbirlar o‘tkazilishi aytilmoqda.
Ilgariroq “Gazeta.uz” huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga asoslanib Toshkentning sammit kunlari to‘liq yopilishi haqidagi xabarni rad etgandi.
Izoh (0)