AQSh mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Amerika Kubogi–2016 turnirining “C” guruhi ishtirokchilari so‘nggi, 3-tur uchrashuvlarini o‘tkazdi. Chorak final yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘lga kiritgan Meksika va Venesuela terma jamoalari o‘zaro bahs yuritib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida Xose Manuel Velaskes hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqada Xesus Korona individual mahorati evaziga hisobni tenglashtirdi.
Meksika va Venesuela termalari 7 ochkodan to‘plagan holda keyingi bosqichga yo‘l oldi. To‘plar nisbati +4 bo‘lgan Meksika guruhdan birinchi o‘rin bilan chiqdi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida pley-off yo‘llanmasidan umidini uzib bo‘lgan Urugvay va Yamayka termalari bahs olib bordi. Ushbu o‘yinda urugvayliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yamayka futbolchilari bu yilgi Amerika Kubogi bahslarida raqiblari darvozasini biror marta ham ishg‘ol qila olmadi.
Amerika Kubogi–201614-iyun, seshanba“C” guruhi, 3-tur
Izoh (0)