Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Jabhat an-Nusra” jangarilari Alepponi portlovchi modda to‘ldirilgan gaz ballonlari bilan o‘qqa tutishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 50 dan ziyod kishi jarohatlandi. Bu haqda 9-iyun, payshanba kuni Suriyadagi mojaro tomonlarini yarashtirish markazi vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”. 

Foto: Reuters

Foto: Reuters

“‘Jabhat an-Nusra’ jangarilari portlovchi modda to‘ldirilgan gaz ballonlari bilan Aleppo shahrining Maydon hududidagi bozorni o‘qqa tutishi oqibatida 5 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, 50 dan ziyod kishi yaralandi. 20 ga yaqin turar-joy shikastlandi. Bu ‘Jabhat an-Nusra’ qurbonlar soni ko‘p bo‘lishi uchun atayin shahar aholisi ommaviy to‘planadigan manzillarga zarba berayotgan birinchi holat emas”, — deya ta’kidlagan vakil. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, jangarilar Aleppodan tashqari Idlib, Latakiya, Xama, Damashq viloyatlaridagi aholi punktlari va hukumat kuchlari blokpostlarini ham o‘qqa tutgan. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta zapravkaga benzin yetkazib berish to‘xtatildi