Isroil hukumati Ramazon oyida 83 ming falastinlikning o‘z hududiga kirishi uchun ruxsatnoma amal qilishini to‘xtatib qo‘ydi, deb yozadi “Interfaks” G‘arb OAVlariga tayanib.
“Ramazon oyi davomida mamlakatga kirish uchun barcha ruxsatlar, xususan, Iudeya va Samariyadan Isroilga oilaviy safarlar vaqtinchalik to‘xtatildi”, — deyiladi Isroil mudofaa vazirligi huzuridagi COGAT hukumat xizmati bayonotida.
Bundan tashqari, avvalroq G‘azo aholisiga Isroildagi qarindoshlarini ziyorat qilish uchun berilgan 200 ta ruxsatnomaning amal qilishi ham vatinchalik to‘xtatib qo‘yildi.
Mamlakatga kirishni cheklash to‘g‘risidagi qaror Tel-Avivning markaziy qismida noma’lum kishilar o‘t ochganidan so‘ng qabul qilindi. Otishma natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)