Germaniyaning Shtutgart shahrida davom etayotgan, mukofot hamg‘armasi 620 ming yevroga teng Mercedes Cup–2016 tennis turnirining yakkalik bahslarini ilk davrada yakunlagan O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin juftliklar bahsini ham birinchi davrada tugatdi.
Musobaqa rasmiy saytining ma’lum qilishicha, ukrainalik Ilya Marchenko bilan tandem hosil qilgan 29 yoshli o‘zbekistonlik tennischi amerikalik aka-uka Bob va Mayk Brayanlarga qarshi kortga chiqdi. 43 daqiqa davom etgan bellashuvda amerikalik duet 6:3, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, Denis Istomin Mercedes Cup–2016 tennis turniridagi ishtirokini butunlay yakunladi.
Ma’lumot o‘rnida, juftliklar bahsi birinchi davrasida ishtirok etib, keyingi bosqichga chiqa olmagan duet 3 130 yevroga ega bo‘ladi, ammo reyting ochkosi berilmaydi.
Izoh (0)