AQSh prezidentligiga birlamchi saylovlarning navbatdagi bosqichi Nyu-Jersi shtatida boshlandi. Yana besh shtat saylovchilari shu kuni har ikki partiyaning milliy syezdlari uchun o‘z delegatlarini saralab oladi, deb xabar beradi “TASS”.
Respublikachilar uchun bu yakuniy bosqichdir. Ular AQSh prezidentligiga nomzod tanlab olinadigan milliy syezdga 303 delegatni saralab olishi lozim, shulardan 172 nafari — Kaliforniyadan, 27 nafari — Montanadan, 51 nafari — Nyu-Jersidan, 24 nafari — Nyu-Meksikodan, 29 nafari — Janubiy Dakotadan.
Demokratlarning birlamchi saylovlari Kaliforniya, Montana, Nyu-Jersi, Nyu-Meksiko va Janubiy Dakotada o‘tadi, Shimoliy Dakotada esa kokuslar — partiya faollari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tadi. Demokratlar 806 delegatni saralab oladi, shulardan 546 nafari — Kaliforniyadan, 142 nafari — Nyu-Jersidan.
Kampaniyaning oxirgi kuni 14-iyun bo‘ladi — o‘shanda birlamchi saylovlar Kolumbiyada o‘tkazilib, milliy syezd uchun oxirgi 45 delegat saylanadi.
Demokratlardan asosiy nomzod Hillari Klinton shu paytga qadar 2383 saylovchining qo‘llab-quvvatlashiga erishdi — bu rasman prezidentlikka nomzod ko‘rsatilishi uchun yetarlidir. Respublikachilar vakili Donald Tramp uchun esa galdagi praymeriz quruq rasmiyatchilik, xolos: may oyida Indianadagi birlamchi saylovlarda g‘alaba qozongach, Tramp o‘z partiyasidan yagona nomzod bo‘lib qoldi. Ayni paytda uni 1239 deputat qo‘llab-quvvatlamoqda — bu rasmiy nomzodlik uchun yetarli ko‘rsatkichdir.
Izoh (0)