Gonkong sanitariya xizmatlari “Chanshavan” ulgurji bozoridagi barcha parrandalarni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi. Shahardagi asosiy parrandachilik bozori oxirgi yillarda ilk marotaba parranda grippi — H7N9 virusi aniqlanishi tufayli yopib qo‘yildi, deb xabar beradi “TASS”.
Mahalliy RTHK radiotelekorporatsiyasining ma’lum qilishicha, jami 4,5 ming tovuq, g‘oz va o‘rdak yo‘q qilindi. Ularning egalariga tovon puli to‘landi.
Bir necha soat davom etgan operatsiya chog‘ida tustovuqlardan biri bozor hududidan tashqariga chiqib ketdi. Ammo u jonini saqlab qola olmadi — qushni tasodifan mashina bosib ketdi.
Gonkong sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat masalalari vaziri Gao Yunven virus manbai hozircha aniqlanmaganini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)