Xitoyning maishiy texnika ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi Suning Commerce Group kompaniyasi Italiyaning “Inter” futbol klubining qariyb 70 foiz aksiyasini xarid qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“RBK” ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv miqdori 270 million yevroni tashkil qilgan. Forbes jurnalining tahliliga ko‘ra, “Inter” dunyodagi eng qimmat futbol klublari orasida 16-pog‘onani egallab turibdi. Klubning qiymati 495 million yevroga baholanmoqda.
“Inter” 2015/16-yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, Italiya chempionatini 4-o‘rinda yakunladi. Jamoa kelasi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
1908-yilda tashkil topgan Milanning “Inter” jamoasi Italiyaning eng sovrindor jamoalaridan biri hisoblanadi. Milanliklar 18 karra Italiya chempioni, 7 marta mamlakat Kubogi va 5 marotaba Superkubogi sohibi bo‘lgan. Shuningdek, “neradzurri” uch marta Yevropa Chempionlar Kubogi/YeChL va bir marta UEFA Kubogi sovrindori hamda ikki marta qit’alararo Kubok va bir marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
“Inter” so‘nggi marotaba 2009/10-yilgi mavsumda Italiya chempioni bo‘lgandi.
Mavzuga oid:
Izoh (0)