Tailandning Trat provinsiyasidagi Chang orolida joylashgan ikki qavatli mehmonxonaning qulashi oqibatida bir turist halok bo‘ldi, yetti nafari vayronalar ostida qolib ketdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Vayronalar ostida qolib ketganlar orasida ikki yoshli bola ham borligi aytilmoqda.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, to‘rt xonadan iborat mehmonxonaning qulashiga kuchli yog‘ingarchilik sabab bo‘lgan.
Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.
Izoh (0)