AQShning Texas shtatida toshqinlar tufayli kelib chiqqan YTH oqibatida to‘qqiz harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Voqea 2-iyun kuni Fort-Xud bazasi yaqinida ro‘y berdi. Kuchli yog‘ingarchilik keltirib chiqargan toshqin oqibatida yuk mashinasi ag‘darilib, kechuvda cho‘kib ketdi.
Dastlab fojia yerida besh xizmatchining jasadi topildi. Keyinchalik qutqaruvchilar yana to‘rt qurbonning tanasini aniqladi.
Uch harbiy xizmatchi turli jarohatlar bilan gospitalizatsiya qilindi. General-mayor Jon Ubertining matbuot anjumanida xabar qilishicha, ayni paytda ular shifoxonadan chiqarib yuborildi.
Izoh (0)