Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Suriyada AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya zarbalari tufayli 15 nafar tinch aholi vakili, jumladan, uch bola halok bo‘ldi. Bu haqda Londonda joylashgan inson huquqlari monitoringi bo‘yicha Suriya markazi ma’lumotlariga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”. 

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Huquq himoyachilariga ko‘ra, zarbalar AQSh qo‘llab-quvvatlayotgan muxolifatchilar IShID marralariga hujumga o‘tgan Manbi shahriga berilgan. Hujumda ishtirok etayotganlarning aksariyati YPG harakatiga mansub suriyalik kurdlardir. 

AQSh qo‘llab-quvvatlayotgan minglab muxolifatchilar 1-iyun, chorshanba kuni Suriya shimolida IShIDga qarshi hujum boshladi. Operatsiya bir necha hafta davom etishi kutilmoqda. Hujumdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad jangarilarni Suriya—Turkiya chegarasidan chetlatish ekanligi bildirilgan. 

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi