Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Indoneziya qirg‘oq mudofaasi kemasi mamlakatning Janubi-Xitoy dengizidagi iqtisodiy hududiga kirgan Xitoy kemasini qo‘lga olish chog‘ida ogohlantiruvchi o‘t ochishga majbur bo‘lgan. Bu haqda, Straits Times gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: “Nevskiy bastion”

Foto: “Nevskiy bastion”

Indoneziya Harbiy-dengiz kuchlari G‘arbiy qo‘mondonligi rasmiy vakili Budi Aminning so‘zlariga qaraganda, baliqchilik kemasini kuzatib borayotgan Xitoy Xalq ozodlik armiyasining esminetsi ekipaji yuz bergan hodisa yuzasidan tushuntirish so‘ragan. Indoneziya suv hududini buzganligi haqidagi xabarni olgandan so‘ng, XXR kemasi uzoqlashgan.

Hozirgi paytda kema Ranay shahridagi (Riau provinsiyasi) harbiy-dengiz bazasida bo‘lib, u yerda surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Shuningdek, sakkiz nafar ekipaj a’zosining taqdirini provinsiya prokurori ko‘rib chiqadi.

Hodisa Janubi-Xitoy dengizining Riau orolida 27-aprel kuni yuz bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Rasman: Domeniko Tedesko — Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi 
Mahalliy
O‘zbekistondagi uylar zilzilaga bardoshliligiga kim kafolat beradi? Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi aniqlik kiritdi
Madaniyat
“Professional raqqosa bo‘ladi, deb o‘ylamaganmiz”. Parizodaning onasi uning bolalikdagi kasalligi tufayli raqsga bergani haqida (video)