Fransiya poytaxti Parij shahrida tennis bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi, yilning eng yirik to‘rtta turniridan biri Fransiya Ochiq chempionati – “Rolan Garros” musobaqasi davom etmoqda.
Musobaqa rasmiy saytining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin kecha, 24-may kuni yakkalik bahslari birinchi davrasida argentinalik Xuan Monakoga qarshi kortga chiqdi. Qariyb uch soat davom etgan bellashuvda 3:6, 6:4, 6:3, 7:5 hisobi qayd etilib, argentinalik tennischining foydasiga hal bo‘ldi.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin ATP reytingida 64, Xuan Monako esa 92-o‘rinni egallab turibdi.
Shuningdek, belaruslik Aleksandr Buriy bilan tandem hosil qilgan o‘zbekistonlik 29 yoshli tennischi juftliklar bahsida ham ishtirokini boshlaydi. Birinchi davrada Istomin/Buriy tandemi Leander Payes (Hindiston) va Marchin Matkovski (Polsha) duetiga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib otamiz, mazkur turnirning saralash bahslarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Farrux Do‘stov ilk davrada avstriyalik Jerald Melserga 0:6, 6:3, 3:6 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Izoh (0)