Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu katta ehtimol bilan “Atletiko”ga qarshi Yevropa Chempionlar Ligasi finalida maydonga tusha oladi. Bu haqda Marca nashriga tayanib, “Chempionat” xabar bermoqda.
Avvalroq portugaliyalik 31 yoshli hujumchi klubning so‘nggi mashg‘ulotida darvozabon Kiko Kasilya bilan to‘qnashish oqibatida jarohat olgani hamda shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, mashg‘ulotni erta tark etgani haqida xabar qilingandi. Uning olgan jarohati jiddiy xarakterga ega emasligi, futbolchi son qismida og‘riq sezgani ma’lum qilinmoqda.
Qayd etish joizki, Ronaldu “Real”ning so‘nggi uch mashg‘ulotini oxirigacha yetkaza olmagan. U “Manchester Siti”ga qarshi (0:0) YeChL yarim final dastlabki o‘yinini o‘tkazib yuborgandi.
Ma’lumot uchun, “Real” 28-may, shanba kuni Yevropa Chempionlar Ligasi finalida “Atletiko”ga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv Milan shahridagi “San-Siro” stadionida o‘tkaziladi.
Izoh (0)