“Barselona” futbol klubi hamda Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares “Sevilya”ga qarshi (2:0) Ispaniya Kubogi finalida olgan jarohati tufayli taxminan uch haftaga safdan chiqdi. Bu haqda Urugvay termasi shifokori Alberto Pan ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Suares terma jamoa ixtiyoriga 1-iyun kuni yetib keladi. Taxminan 10 kunlardan keyin esa uning maydonda harakat qilishini kutyapmiz”, – dedi Alberto Pan.Ma’lumot uchun, Amerika Kubogi–2016 turniri 3–26-iyun kunlari AQShda bo‘lib o‘tadi. Urugvay termasi guruh bahslarida Meksika (5-iyun), Venesuela (9-iyun) va Yamayka (13-iyun) termalariga qarshi bahs olib boradi.Mavzuga doir
×
Izoh (0)