Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” hujumchisi Luis Suares “Sevilya”ga qarshi Ispaniya Kubogi final o‘yinida jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Uning Urugvay terma jamoasi safida Amerika Kubogi–2016 turniridagi ishtiroki shubha ostida turibdi, deb xabar bermoqda CBC Sports.

Foto: CBC Sports

Foto: CBC Sports
“Barselona”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvning 56-daqiqasida Suares maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Urugvaylik futbolchi zaxira o‘rindig‘ida yig‘lagani va jamoadoshlari uni tinchlantirgani ko‘zga tashlandi.

Mazkur uchrashuvdan so‘ng Luis Suares jarohati og‘ir emasligiga umid qilayotganini bildirdi.

“Tibbiy ko‘rikdan o‘tishni kutib turibman. Jarohatim og‘ir emasligiga va kelasi hafta Urugvay termasi safiga qo‘shilishga umid qilaman. Barchaga dalda uchun minnatdorman”, – deb yozdi Suares Twitter’dagi sahifasida.

Joriy mavsumda Luis Suares kataloniyaliklarning barcha turnirlarida 59 ta, shulardan 40 tasini Ispaniya chempionatida kiritishga muvaffaq bo‘ldi.Ma’lumot uchun, Amerika Kubogi–2016 turniri 3–26-iyun kunlari AQShda bo‘lib o‘tadi. Urugvay termasi guruhdagi ilk uchrashuvini 5-iyun kuni Meksika termasiga qarshi o‘tkazadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...