Massachusets texnologiya instituti mutaxassislari qo‘l yukidagi bomba va boshqa xavfli buyumlarni tezda topish imkonini beruvchi kvant lazerini ishlab chiqdi. Bu haqda “Hi-Tech Mail.ru” xabar bermoqda.
Qurilma ixcham o‘lchamlarga ega bo‘lib, skanerlash uchun sarflanadigan vaqt atigi 100 mikrosekundni tashkil etadi.
Kvant lazeri qo‘l yukini skanerlash uchun teragersli spektrni yuzaga keltiradi. Uning afzalligi shundaki, qurilma ko‘plab materiallarni taniy oladi.
Shu paytgacha foydalanib kelingan lazerlar ikkita asosiy kamchilikka ega edi. Tekshirish yarim soatga yaqin vaqtni olar, buning ustiga ishlash uchun ulkan sovitish qurilmasi zarur edi.
Olimlar har ikkala muammo yechimini topdi. Lazerdan qisqa vaqt davomida foydalanilgani uchun sovitish blokiga ham ehtiyoj qolmadi, tekshirish esa bir necha daqiqa vaqtni oladi.
Izoh (0)