Xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Arne Svinnen Instagram servisida aniqlagan nuqson u yerdagi akkauntlarning 4 foizini (20 millionini) buzish imkonini beradi. Bu haqda mutaxassis o‘z blogi orqali hikoya qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Xavfsizlik muammosi akkauntni vaqtinchalik bloklash tizimida aniqlandi. Svinnenning uqtirishicha, akkauntlar verifikatsiyasi shakllari farqli bo‘lib, ularning ba’zilari xakerlarga akkauntni buzib kirish imkonini berishi mumkin.
Jumladan, 39 mingta akkauntga kirib olish uchun shunchaki ularga bog‘langan telefon raqamini o‘zgartirishning o‘zi kifoya. Bu esa SMS orqali parol o‘zgartirish funksiyasi yordamida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, yana 1700 foydalanuvchining elektron manzilini o‘zgartirib qo‘yish imkoni bo‘lgani aytilmoqda.
Nuqson aniqlanganidan bir necha kun o‘tib Facebook muammoni hal qildi va Svinnenga 5 ming dollar to‘ladi.
Izoh (0)