Ukrainaning Poltava viloyatida dekommunizatsiya to‘g‘risidagi qonun ijrosi doirasida 600 dan ortiq ko‘chaning nomi o‘zgartiriladi. Bu haqda, viloyat ma’muriyati rahbari Valeriy Golovkoning bayonotiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Nomi o‘zgartiriladigan ko‘chalarning asosiy qismi Poltava shahrida joylashgani bildirilmoqda.
“Bu hujjat ustida ekspertlar, jamoatchilik faollari, so‘rovda ishtirok etgan Poltava ahli, tarixchi va o‘lkashunoslar, deputatlar ishladi. Biz barchaning fikrini inobatga olishga va shu bilan bir vaqtda Poltava viloyati — Ukrainaning yuragi ekanligini unutmaslikka harakat qildik”, — dedi Golovko “UNIAN” agentligiga bergan intervyusida.
Hujjatga ko‘ra, Sovet davridan qolgan eski nomlar o‘rnini Ukrainaning buguni hamda mamlakat ozodligi uchun kurashgan shaxslar bilan bog‘liq nomlar egallaydi.
Izoh (0)