NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyansning Rossiya bilan navbatdagi sovuq urushga kirish niyati yo‘qligini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“Biz Rossiya jadal ravishda qurolli kuchlarga sarmoya kiritayotganini ko‘pdan buyon kuzatib bormoqdamiz”, — dedi Stoltenberg TVN telekanaliga bergan intervyusida.
Uning ta’kidlashicha, NATO Rossiyaning harakatlariga javoban mudofaani mustahkamlamoqda, bunda vaziyat keskinlashishidan qochib, ochiq muloqot saqlashga urinmoqda.
“Bu biz sovuq urushdan so‘ng yaratishga uringan strategik hamkorlik emas. Shu bilan birga, bu ixtilof ham emas, bizga yangi sovuq urush kerak emas”, — deb ta’kidladi NATO bosh kotibi.