Nyu-Yorkning Mathpix kompaniyasi iOS operatsion tizimida ishlovchi gadjetlar uchun o‘z nomidagi dasturni ishlab chiqdi. U qo‘lyozma tenglamalarni tanib, yechish va grafiklar tuzishga mo‘ljallangan, deb xabar bermoqda TJournal.
Ishlab chiqaruvchilar Mathpix smartfon kamerasiga qog‘ozdan tushirilgan matematik vazifalarni yechishga qodir birinchi dastur ekanligini ta’kidlamoqda.
Barcha hisob-kitoblar kompaniya serverlarida amalga oshiriladi. Shu bois sun’iy ong foydalanuvchilar kiritayotgan ma’lumotlar asosida doimiy ravishda takomillashib boradi.
Oddiy tenglamalarni yechishda dastur darhol javobni chiqarib bersa, murakkab vazifalarda amallar tartibini ko‘rsatadi.
Dastur ishlab chiqaruvchilari Stenford universiteti bitiruvchilaridir.
“Matematik hisob-kitoblarni kompyuterga kiritish ortiq darajada qiyin, shu bois men vazifani yengillashtirishga qaror qildim”, — dedi ulardan biri, Mathpix kompaniyasi yetakchi mutaxassisi Nikolas Ximenes.
Izoh (0)