Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eron va Turkmaniston iliq havo oqimining kirib kelishi munosabati bilan, dam olish kunlari O‘zbekistonda ob-havo harorati sezilarli ko‘tariladi. Bu haqda, “O‘zgidromet” markaziga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

21—22-may kunlari O‘zbekistonda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, 22-may kuni ba’zi joylarda soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi +15...+22 daraja, kunduzi esa +30...+35 daraja, janubiy viloyatlar va cho‘l hududlarida +38 darajagacha iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 3—8 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi +16...+18 daraja, kunduzi +30...+32 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, 22-may 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi +10...+10 daraja, kunduzi esa +22...+27 daraja iliq bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Sherzod Xo‘jaev elektrni bir sutkada 2 soat o‘chirish yetarli emasligini aytdi
Mahalliy
O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin narxi tushishi kutilmoqda
Dunyo
Malakali mutaxassislar uchun 2022-yildagi eng jozibador davlatlar reytingi e’lon qilindi