Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ba’zi mamlakatlarda choy puli restorandagi tushlik uchun to‘lovning majburiy qismi bo‘lsa, boshqalarida, aksincha, haqorat deb qabul qilinadi va noqulay vaziyat yuzaga kelishiga xizmat qilishi mumkin. TravelAsk turli davlatlardagi umumiy ovqatlanish muassasalarida qilinadigan hisob-kitobning nozik jihatlarini keltirib o‘tdi.

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

AQSh va Kanada

Bu yerdagi har qanday restoran, bar yoki qahvaxonada choychaqa majburiydir. Uning qiymati shahar yoki mintaqaga qarab umumiy to‘lovning 15 foizidan 20 foizigacha bo‘lishi mumkin. Hisob summasiga soliq sifatida yana bir necha dollar qo‘shilishini nazarda tutgan holda, restoranda taom va ichimliklarning umumiy narxidan tashqari 30—35 dollar qoldirish kerak.

Yaponiya

Yaponiyada xizmat ko‘rsatish qiymati taomnomaning o‘ziga kiritilgan, shu tufayli bu yerda choy puli qoldirish kerak emas. Agar ofitsiantga judayam minnatdorchilik bildirgingiz kelayotgan bo‘lsa, unga pulni alohida konvertda yoki sochiqcha ichida qoldirishingiz mumkin.

Meksika

Bu yerda choychaqa qoldiriladi, uning miqdori esa chek summasining 10—15 foizini tashkil qiladi. Mehmonxonalarda esa choy puli majburiy hisoblanadi. Masalan, shveysarga xizmati uchun 10—20 peso, farroshga 20—40 peso, konsyerjga esa kamida 100 peso berish kerak bo‘ladi.

Xitoy

Yaponiyadagi kabi, bu yerda ham choychaqa taomnomaga kiritiladi. Bundan tashqari, yukingizni tushirib bergan taksichi yoki SPA-salon xodimlariga alohida minnatdorlik bildirishingiz mumkin. Choy puli odatda 10—30 yuan atrofida bo‘ladi.

Italiya

Italiyada umumiy to‘lovning 10 foizini choychaqa sifatida qoldirishadi, ammo bu majburiy emas, va faqat o‘z istagingizga bog‘liq. Mehmonxonada esa xonangizni tozalab berishgani uchun 1—2 yevro bilan minnatdorlik bildirishingiz mumkin.

Buyuk Britaniya

Bu yerda Italiya va boshqa Yevropa mamlakatlaridagi kabi, mehmonxonada farrosh xizmati uchun minnatdorlik bildirishingiz mumkin. Restoran va qahvaxonalarda ko‘rsatilgan xizmat haqi esa odatda umumiy to‘lov ichiga kiritiladi. Shunga qaramay, ofitsiantni to‘lovning 10—15 foizi miqdorida qo‘shimcha ravishda “rozi qilishingiz” mumkin. Ammo pab va barlarda choychaqa qoldirilmaydi.

Fransiya

Fransiyaliklar ko‘pincha o‘z umumiy ovqatlanish muassasalarida servis to‘lov summasiga kiritilgani haqida hech narsa demaydi va toza vijdon bilan qo‘shimcha pul oladi. Restoran yoki qahvaxonalarga kirishda viveskaga e’tibor bering: “compris” deb yozilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatiladigan xizmatlar taomning menyudagi narxiga kiritilganini bildiradi.

Germaniya

Germaniyada ofitsiantlarga choychaqa sifatida tushlik narxining 10—15 foizi miqdorida pul qoldirishadi, mehmonxonadagi shveysarga esa har bitta jomadon uchun 3 yevrodan berishga to‘g‘ri keladi, konsyerjning xizmatlari esa kamida 20 yevroga tushadi, xonani tozalashga bo‘lsa, 5—10 yevro to‘lash lozim.

Avstraliya va Yangi Zelandiya

Bu yerda choychaqa qoldirish keng tarqalmagan. Agar sizga ko‘rsatilgan xizmat ma’qul tushgan bo‘lsa va o‘z minnatdorligingizni pul shaklida bildirmoqchi bo‘lsangiz, restoran yoki qahvaxonaga kirishda qo‘yib qo‘yilgan umumiy idish ichiga bir nechta mayda pul tashlashingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi