Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Isko o‘z itini ko‘chada sayr qildirmasligini aytdi. E’tiborlisi, futbolchi itiga Messi deb ism qo‘ygan. Bu esa “Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining familiyasidir, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Odamlar itimni o‘z ismi bilan chaqirganimda hayron qolmaydi, chunki uni ko‘chada sayr qildirmayman”, – dedi Isko.
Shuningdek, “Real” yarim himoyachisi prinsipial raqib hisoblangan “Barselona”ni Ispaniya chempioni bo‘lganligi bilan tabriklamaganini ta’kidladi.
“Sports.ru”ning qayd etishicha, Isko o‘z itiga Messi deb ism qo‘yishining sababi, Lionel Messi singari uning iti ham dunyodagi eng zo‘ri.
Izoh (0)