Yoz oylarida oziq-ovqat mahsulotlari qizish oqibatida tez aynib qoladi. Ana shunday paytlarda har qanday sharoitlarda, hatto elektr tarmog‘iga ulanish imkoni yo‘qligida, aytaylik, tabiat qo‘ynida asqatadigan mitti muzlatkich juda foydali bo‘ladi. U mahsulotlarni sovutish va aynishdan asrash imkonini beradi. “101 Sovet” sayti mana shunday muzlatkich yasash bo‘yicha tavsiyalarni keltirdi.
Buning uchun kerak bo‘ladigan asbob-anjomlar:
- 2 ta har xil o‘lchamdagi gultuvak;
- qum;
- sovuq suv;
- qopqoq.
Amallar ketma-ketligi:
1. Kichikroq gultuvak kattarog‘ining ichiga yopishtirib qo‘yiladi.
2. Ikki gultuvak orasida qolgan bo‘shliq qum bilan to‘ldiriladi.
3. Qum gultuvak ichidagi haroratni termos prinsipi bo‘yicha bir darajada saqlab turadi.
4. Qumga muzday suv quyiladi. Quduq suvi tavsiya etiladi, lekin bu birlamchi ahamiyatga ega emas.
5. Hosil bo‘lgan muzlatkich tepadan qopqoq bilan berkitiladi. Quyosh nurlaridan himoya maqsadlarida oq sochiqdan foydalanish mumkin.
6. 15 daqiqadan so‘ng harorat 12 darajaga yetadi. Endi unda ichimliklarni sovutish mumkin.
7. Qumga sovuq suv quyishda davom etilsa, muzlatkich ichidagi past harorat uzoq muddat saqlanadi. Vaqti kelib u hatto minus darajaga tushib, minus beshni ko‘rsatishi mumkin.
Bunday sodda uslubda yasalishiga qaramay, ushbu muzlatkich ko‘p foyda keltiradi.
Uning yasalishini quyidagi videolavhada kuzatish mumkin.
Izoh (0)