O‘zbekistonlik tennischi Jo‘rabek Karimov Italiyaning Milan shahrida o‘smirlar o‘rtasida davom etayotgan 57° Trofeo Bonfiglio tennis turnirining uchinchi davrasiga yo‘l oldi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan Jo‘rabek avvaliga italiyalik Luka Prevostoni 6:3, 1:6, 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Kecha, 17-may kuni o‘tkazilgan ikkinchi davra uchrashuvida esa amerikalik Natan Ponviz 6:2, 6:3 hisobida taslim etildi.
Uchinchi davrada 17 yoshli O‘zbekiston vakili fransiyalik Evan Fyurness hamda kanadalik Benjamin Siguin o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Mazkur musobaqada ishtirok etgan boshqa bir o‘zbekistonlik tennischi Humoyun Sultonov esa ilk davrada turnirning ikkinchi raketkasi, gretsiyalik Stefanos Sitsipasga 2:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Izoh (0)