“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal “Bornmut”ga qarshi (3:1) uchrashuvda Angliya chempionati 38-turidan so‘ng o‘z lavozimini tark etish niyati yo‘qligini aytdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Men uch yillik shartnomaga imzo chekkanman va uni oxirigacha yetkazmoqchiman. Jamoaning o‘tish davri yakuniga yetmadi, men hamon ‘MYu’ bosh murabbiyiman. Bugun himoyalanishni biladigan jamoaga qarshi ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik. Ammo keraksiz gol tufayli de Xea ‘Oltin qo‘lqop’ sovrinidan quruq qoldi. Afsus. YeChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasini uddalay olmadik, lekin Angliya Kubogi final ham bor. Har birimiz ortda qolgan mavsum borasida fikr yuritishi va tahlil qilishi kerak”, – dedi gollandiyalik mutaxassis.Qayd etish joiz, 64 yoshli mutaxassisning “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi 2017-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.Mavzuga doir
×
Izoh (0)