O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Lokomotiv” klubi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov “Obod” va “Sho‘rtan” jamoalaridan tushgan takliflarni rad etdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Ba’zi manbalarda murabbiy “Qo‘qon-1912” klubini boshqarishi mumkinligi xabar qilingan edi, ammo bu xabarlar tasdiqlanmadi. Vadim Abramov shu vaqtga qadar bunday taklif olmagani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, qishda Moskva shahrida Abramovning yuragida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan edi. Ayni vaqtda murabbiyning sog‘lig‘ida hech qanday muammo yo‘q. Uning o‘zi batamom sog‘ayib ketgani va munosib taklif bo‘lgan taqdirda murabbiylik ishiga qaytishi haqida ma’lum qilmoqda.
Izoh (0)