Rossiyaning Orenburg shahrida ikki yashar qiz 9-qavat derazasidan tushib ketdi, ammo sog‘-omon qoldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Voqea dam olish kunlari shaharning Salmishskaya ko‘chasida sodir bo‘ldi. Qizaloq 2014-yili tug‘ilgani aytilmoqda. Voqea paytida u xonada opasi va akasi bilan o‘tirgan edi. Bolalarning oldiga kirgan ota kichkina qizining yo‘qligini payqab qoldi va derazadan pastga qarab, u yerda yotganini ko‘rdi.
Qizaloq qornidan va boshidan jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Ayni paytda u og‘ir ahvolda reanimatsiya bo‘limida muolaja olmoqda.
Izoh (0)