Hindiston parlamenti deputati, “Bxarata Janata Parti” vakilasi Punamben Madam Gujorat shtatidagi Jalla Ramnagar shahrida jurnalistlar bilan muloqot qilish chog‘ida kanalizatsiyaga tushib ketdi. Bu haqda Asian News International xabar bermoqda.
Deputat ayol uylari buzilayotgan mahalliy aholi haqida fikr bildirayotgan paytda uning oyog‘i ostidagi tuproq ko‘chdi. Ikki metr chuqurga tushib ketgan siyosatchini shifoxonaga yotqizishga to‘g‘ri keldi.
Izoh (0)