Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) bosh kotibligiga tashkilot tarixida birinchi marta ayol kishi keldi. Bu lavozimni senegallik Fatma Samura egalladi, deb xabar beradi “TASS”.
Yangi rahbar nomi tashkilot kongressida FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan e’lon qilindi.
“Bu juda munosib nomzod, — dedi Infantino. — U bizga toza havo bo‘ladi, u o‘tmishning emas, kelajakning odami. U chetdan kelgani muhim, u bizga to‘g‘ri yo‘nalishdan ketishga ko‘mak beradi. Biz xilma-xillik va jinsiy tenglikka ishonamiz”.
Samura xonim BMT Taraqqiyot dasturining Nigeriyadagi doimiy vakili hisoblanadi.
Izoh (0)