Rossiya va Qozog‘iston vakillari yadroviy energetika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi, bunda asosiy e’tibor yadro yoqilg‘isi yo‘nalishidagi loyihalarga qaratildi. Bu haqda, “Rosatom” davlat korporatsiyasining bayonotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Muzokaralar korporatsiya bosh direktorining xalqaro faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari Nikolay Spasskiyning Ostonaga ishchi safari chog‘ida bo‘lib o‘tdi. U yerda amaldor Qozog‘iston energetika vaziri Qanat Bo‘zumboyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Izoh (0)