Hindistonlik sadxu (avliyo, tarki dunyo qilgan kishi) Amar Bxarati 43 yildan buyon bir qo‘lini tepaga ko‘tarib turadi, deya xabar bermoqda Big Picture.
Taqvodorlik yo‘liga kirgunicha Maxant Amar Bxarti Ji Nyu-Delida klerk bo‘lib ishlagan. 1973-yilda u Shiva xudosi sharafiga qo‘lini boshi ustida ko‘targan hamda og‘riq va qo‘li shaklining o‘zgarishiga qaramay, uni pastga tushirmagan.
Shuncha yillardan keyin uning qo‘li qurib, o‘z qobiliyatini to‘liq yo‘qotgan va teri bilan qoplangan befoyda suyaklarga aylangan. Tirnoqlari ham 43 yil davomida biror marta olinmagani uchun qalinlashib, aylanasiga o‘sib ketgan.
Amar Bxarati bir paytlar oddiy odamlar kabi ishlagan, oilali bo‘lgan, ammo bir kuni bularning hech biri ma’noga ega emasligini tushunib, barchasini tashlab ketgan va o‘z hayotini Shiva hinduiylik xudosiga bag‘ishlashga qaror qilgan.
Uch yildan so‘ng, 1973-yilda u hali ham dunyoviy havaslarga berilayotganini tushunib, bir qo‘lini yuqoriga ko‘tarish orqali o‘zini ulardan cheklab qo‘yishga ahd qilgan.
Sadxu Bxarati Xaridvar shahridagi Kumbx—mela ommaviy ziyorati marosimlari chog‘ida o‘ta hurmatlanadi.
Amar Bxarati boshqa sadxularda ham tinchlik va uyg‘unlik yo‘lida qo‘lini ko‘tarib yashashga ilhom uyg‘otgan, ularning ba’zilari 7, 13 va hatto 25 yildan buyon shunday holatda hayot kechirmoqda.
Ko‘tarilgan qo‘li og‘rish-og‘rimasligi haqidagi savolga javoban, Amar u boshida og‘rigani, ammo keyinchalik ko‘nikib ketganligini aytadi.
Izoh (0)