Tunis mudofaa kuchlari Mnixla shahrida terrorchi guruh bilan to‘qnashuvga kirib, jangarilardan ikkisini o‘ldirdi, bir nafarini qo‘lga oldi. Bu haqda, Mosaique FM radiosiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Janglar tugaganiga qaramay, harbiylar hududni o‘rganishda davom etmoqda. Hukumat qo‘shinlarining yo‘qotishlari haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.
Mart oyida terrorchilar Ben-Gardan shahrida huquq-tartibot organlari xodimlariga keng miqyosli hujum uyushtirgan edi. O‘sha hujumdan so‘ng uch jangari Mnixlada berkingan bo‘lib, ularni topgan harbiylar guruhni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Ben-Gardandagi to‘qnashuvda 18 nafar huquq-tartibot xodimi va 36 nafar terrorchi halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)