Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Umumiy massasi 85,1 kilogrammga teng 2 mingdan ortiq oltin yombilari Qirg‘iziston Milliy banki tomonidan oxirgi 12 oy mobaynida aholiga sotildi. Bu haqda, bank raisi To‘lqunbek Abdig‘ulovning so‘zlariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Fotolia

Foto: Fotolia

1, 2, 5, 10, 31,1 va 100 gramm hajmdagi yombilar Qirg‘iziston tarixida ilk bor 2015-yil mayida sotuvga chiqarilgan edi. Respublika qonunchiligiga muvofiq, xaridorlar soliq to‘lashdan ozod etiladi. Milliy bank quyma oltinni qayta sotib olish huquqi bilan realizatsiya qiladi. Barcha yombilar Qirg‘izistonda qazib olingan oltindan yasalgan bo‘lib, 999,9 probaga egadir.

Abdig‘ulovning ta’kidlashicha, eng katta hajmli yombi aholi orasida eng katta talabga ega bo‘ldi — 100 grammli yombilardan bir yil davomida jami 735 dona sotildi. Ikkinchi o‘rinda 5 grammli quymalar turibdi.

Shuningdek, hisobot davrida bank tomonidan aholidan 40 kilogramm oltin sotib olingani aytildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi