Osaka politsiyasi 10-may, seshanba kuni “Akira ittifoqi” yakudza guruhining o‘ndan ortiq rahbar va jangarisini hibsga oldi. Mazkur guruh mamlakatning eng yirik gangster sindikati “Yamaguti-gumi” tarkibiga kiradi, deb xabar beradi “TASS”.
Ular raqobatchi jinoiy to‘daga nisbatan hujum tashkil etishda gumon qilinmoqda.
Bu “Yamaguti-gumi” va undan 2015-yilning avgustida ajralib chiqqan “Kobe yamaguti-gumi” guruhi o‘rtasidagi davomiy urushning navbatdagi epizodi bo‘ldi. Aprel oyida “Kobe yamaguti-gumi”ning Ueda shahridagi shtab-kvartirasi o‘qqa tutilgan edi.
Oxirgi oyda bunga o‘xshash 30 dan ortiq hodisa qayd etilgan. Politsiyaning ma’lum qilishicha, yakudzalar o‘rtasidagi urush mamlakatning 47 ta prefekturasidan o‘ntasini qamrab olgan.
Izoh (0)