Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Valensiya”ga qarshi kechadigan Ispaniya chempionatining 37-turida tarkibga jiddiy o‘zgartirishlar kiritmoqchi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Fransiyalik mutaxassis 28-may kuni Milan shahrida bo‘lib o‘tadigan “Atletiko”ga qarshi Yevropa Chempionlar Ligasi final o‘yini oldidan jamoa yetakchilariga dam bermoqchi.
Jarohati tufayli Keylor Navas va Garet Beyl “Valensiya”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi. Ularning o‘rnini katta ehtimol bilan tegishli ravishda Kiko Kasilya va Lukas Vaskes egallaydi. Daniel Karvaxal ham uchrashuvda ishtirok etmaydi.
Karim Benzema va Kazemiro jarohatlaridan forig‘ bo‘lgan, ammo ular ham asosiy tarkibdan joy olmaslik ehtimoli bor.
“Real” – “Valensiya” uchrashuvi 8-may, yakshanba kuni “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Izoh (0)