Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bruklindagi sohilga (Manxetten plyaji) boshi izolenta bilan o‘rab tashlangan, qo‘llari bog‘langan va oyoqlari sementli chelakka botirilgan erkak jasadi chiqib qoldi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Plastik xaltaga solingan murdani o‘tkinchilardan biri tasodifan ko‘rib qoldi.

Nyu-York politsiya departamentida jasad 28 yoshli Peter Martinesga tegishli deb gumon qilishdi. Politsiyachilar ma’lumotiga ko‘ra, erkak G Stone Crips jinoiy guruhi a’zosi bo‘lgan va 30 martadan ko‘proq jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Fevral oyida erkak to‘satdan g‘oyib bo‘lgan, bu haqda uning ma’shuqasi xabar qilgan.

Ommabop mish-mishlarga ko‘ra, o‘z qurbonlarini bunday holatga mafiya keltiradi.

Oyoqlariga beton bloklari bog‘langan jasadlar bungacha 1941-yilda Nyu-Jersida va 1964-yilda Nyu-Yorkda topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar