Moskvada Milliy yangiliklar xizmati muharriri Aleksandr Rubsov o‘ldirib ketildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Rubsov 3-may kuni o‘z kvartirasida o‘ldirib ketildi. Uning uyi talon-toroj qilingani aniqlandi.
35 yoshli jurnalist ikki yildan buyon “Nashe radio”, Rock FM, Best FM, “Radio JAZZ” radiostansiyalari orqali yangiliklar o‘qir edi.
Yangiliklar xizmati saytida xabar qilinishicha, qotillik Rubsovning kasbi bilan bog‘liq emas. U qotilni tanigan va uyga kiritgan. Gumondor shaxsning surati tegishli tashkilotlarga yetkazilgani aytilmoqda.