AQSh sudi Johnson & Johnson kompaniyasiga saraton xastaligiga chalingan ayolga 55 million dollar to‘lash majburiyatini yukladi. Bu haqda, Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Sudga da’vo kiritgan ayol kompaniya tomonidan chiqariluvchi talkdan foydalanish unda tuxumdon saratonini keltirib chiqarganligini ta’kidlagan edi.
Missuri shtati sudi uch hafta davom etgan sud jarayonidan so‘ng qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, kompaniya Gloriya Ristesandga zararni qoplash uchun 5 million dollar va jarima tariqasida 50 million dollar to‘lashi lozim.
Gloriya Ristesand J&J talkidan bir necha o‘n yil davomida foydalanganligini ma’lum qildi.
J&J vakili Kerol Gudrich sudning qarori talkning xavfsizligini tasdiqlovchi 30 yillik tadqiqotlarga zid ekanligini va kompaniya apellyatsiya shikoyati berishini ma’lum qildi.
Izoh (0)