26–30-aprel kunlari Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetida an’anaviy madaniyat haftaligi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti

Foto: Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti

2009-yildan buyon o‘tkazib kelinadigan bu tadbirga har yili mingdan ortiq tomoshabin tashrif buyuradi, ular orasida san’at arboblari, diplomatik doira vakillari, olimlar, jurnalistlar va albatta, talabalar bor.

Tadbirning birinchi kuni Iste’dodlar shousi bo‘lib o‘tdi. Unda universitet talabalari o‘zlarining mahorat va san’atlarini namoyish etdi. Talabalarning iqtidoriga Asal Shodiyeva, Arsen Dlyanchev va DJ Piligrim baho berdi.

Foto: Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti

Foto: Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti

27-aprel kuni universitetning rivojlanishiga o‘z o‘qishi va mehnati bilan hissasini qo‘shgan faol o‘quvchilar, guruh yetakchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat haftaligining uchinchi kunida TXVUning ikki hamda Toshkent oliy ligasining QVZ bo‘yicha olti jamoasi ishtirokida talabalar hayotining eng yorqin taraflari hajviy tarzda ochib berildi.

Foto: Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti

Foto: Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti

28-aprel kuni moda ishqibozlari uchun Podium shousi tashkil etildi. Unda TXVUning talaba qizlari model sifatida ishtirok etdi.

Madaniyat haftaligining oxirgi kunida ArtisGreat tanlov-ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Tanlov-ko‘rgazmada Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, TAQI rektori Ravshan Hakimov hay’at a’zolari tarkibiga kirdi.

Bundan tashqari, she’rlar va eng yaxshi landshaft dizayni tanlovi ham o‘tkazildi. Ushbu kun pazandalik yarmarkasi bilan yakunlandi.