29-aprelning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Toshkentda 100 dan ortiq mahalla nomi o‘zgardi. Masalan, “Bobur” nomli mahalla nomi “Gulsanam” deb, “Mustaqillikning 10 yilligi” mahallasi “Tong” deb, “Sharq yulduzi” mahallasining nomi esa “Tong yulduzi” deb o‘zgartirildi.
2. Neft narxi 2016-yil maksimumini yangiladi va o‘sishda davom etmoqda. “Bozor balansi yaxshilanmoqda, to‘planib qolayotgan zaxira yilning ikkinchi yarmida yetishmovchilikka ko‘chishiga ishonmoqdamiz”.
3. Andijonda O‘zbekistondagi birinchi echkichilik fermasi ish boshlaydi. Fermer xo‘jaligi rahbari ayni paytda Germaniyada bo‘lib, 1000 ta echki va shuncha mol sotib olish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.
4. Toshkentda Captiva haydab ketayotgan kelinning surati muhokamalarga sabab bo‘ldi. Lekin kunning eng mashhur kelini bu emas — xonanda Kaniza undan mashhurroq.
5. Yetti karra olimpiadachi. Oksana Chusovitina qanday qilib 40 yoshida ham faoliyatini davom ettirmoqda? Inson farzandi va Vatani uchun nimalar qilishi mumkin degan savolning javobi shu yerda.
Izoh (0)