3-may, seshanba kuni Toshkent markazida “O‘zbekiston neft va gazi — OGU” xalqaro ko‘rgazma hamda konferensiyasining 20 yilligiga bag‘ishlab xiyobon barpo etiladi. Alisher Navoiy nomli bog‘ yaqinida, Baynalminal ko‘chasi bo‘ylab archa va tuyadaraxt ko‘chatlari ekilishi mo‘ljallanmoqda, deya xabar beradi “Anons.uz”.
Yubileyga soha ekspertlari va dunyoning yetakchi kompaniyalari vakillari to‘planadi, ko‘rgazma va ilmiy dastur esa uglevodorod bozorining asosiy masalalarini qamrab oladi. Jumladan, “Lukoyl”, SOCAR, Schlumberger, General Electric, Hyundai Engineering Co. Ltd kabi ko‘rgazmaning yirik qatnashchilari tadbir davomida innovatsion texnologiyalarga e’tibor qaratishi ko‘zda tutilgan.
Konferensiyaning bosh mavzularidan biri ekologiya bo‘lishi, unda energetika bo‘yicha Yevrokomissiya raisi birinchi o‘rinbosari Marosh Shefchovich va Xalqaro gaz ittifoqi bosh kotibi Pol Rasmussenning chiqishlari kutilmoqda.
Izoh (0)