NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans Rossiya bilan qarama-qarshilikni izlamayotganligi va yangi sovuq urush hamda qurollanish poygasini istamasligini ma’lum qildi. Bu haqda uning Die Welt nashriga bergan intervyusiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
“Biz Rossiya bilan qarama-qarshilikni qidirmaymiz. Biz sovuq urush va qurollanish poygasini istamaymiz”, — dedi u.
Stoltenberg NATO Rossiyaning alyans mamlakatlaridan birortasiga hujum qilish rejasini ko‘rmayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga u blok mamlakatlarini Rossiya bilan siyosiy muloqotda “qat’iy, mulohazali va kuchli” bo‘lishga chaqirdi.
Shu bilan birga, Stoltenberg NATO yadro qurolidan voz kechmasligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)