“Sports.ru” blogeri Artak79 futbol bo‘yicha Yevropa chempionatlarining 2015/16-yilgi mavsumida hozirgacha eng ko‘p gol kiritgan va “Oltin butsa” mukofotiga da’vogar futbolchilar suratini e’lon qildi.
Suratda “Oltin butsa”ga da’vogarlar 10 nafar futbolchi keltirilgan. Unda har bir futbolchining o‘zi ishtirok etayotgan mamlakat chempionati doirasida kiritilgan gollari hisoblangan.
Ispaniya chempionatida 34 ta gol kiritgan “Barselona” hujumchisi Luis Suares to‘purarlar ro‘yxatida peshqadam bo‘lib turidi. 31 tadan golga mualliflik qilgan Krishtianu Ronaldu (“Real”) hamda Jonas Oliveyra (“Benfika”) ushbu ro‘yxatdan tegishli ravishda 2 va 3-o‘rinlarni egallagan.
2015/16-yilgi mavsumning “Oltin butsa” mukofotiga da’vogar futbolchilar:
- Luis Suares – 68 ochko / 34 ta gol (“Barselona”, Ispaniya)
- Krishtianu Ronaldu – 62 ochko / 31 ta gol (“Real”, Ispaniya)
- Jonas Oliveyra – 62 ochko / 31 ta gol (“Benfika”, Portugaliya)
- Gonsalo Iguain – 60 ochko / 30 ta gol (“Napoli”, Italiya)
- Robert Levandovski – 54 ochko / 27 ta gol (“Bavariya”, Germaniya)
- Lionel Messi – 50 ochko / 25 ta gol (“Barselona”, Ispaniya)
- Zlatan Ibrahimovich – 48 ochko / 32 ta gol (“PSJ”, Fransiya)*
- Harri Keyn – 48 ochko / 24 ta gol (“Tottenhem”, Angliya)
- Islam Slimani – 48 ochko / 24 ta gol (“Sporting”, Portugaliya)
- Karim Benzema – 46 ochko / 23 ta gol (“Real”, Ispaniya)
28-aprel holatiga ko‘ra, Ispaniya, Germaniya, Angliya, Italiya va Portugaliya chempionatlari UEFA reytingida mos ravishda 1—5-o‘rinlardan joy olgan. Fransiya 1-Ligasi esa UEFA reytingida 6-pog‘onani band qilib turibdi.
Izoh (0)