Rossiyaga qarashli Su-24 samolyotining o‘qqa tutilishi masala kechirim so‘rash bilan hal bo‘ladigan holat emas. Bu haqda Turkiyaning RFdagi elchisi Umit Yardim Moskva jurnalistlar ittifoqidagi chiqishida bayonot berdi.
“Biz bo‘lib o‘tgan ishlardan afsusdaligimizni bir necha marta aytgandik. Bu voqealarning biz kutgan rivoji emas”, — uning so‘zlarini keltiradi “TASS”.
“Bunday vaziyatlarda muzokaralar stoli atrofida to‘planish lozim. Bu masala kechirim so‘rash bilan hal qilinadigan holat emas”, — qo‘shimcha qildi diplomat.
Ma’lumot uchun, 2015-yilning 24-noyabr kuni Turkiyaning F-16 qiruvchisi Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini Turkiya chegarasini buzib o‘tgani uchun urib tushirgan edi. Bu ikki davlat o‘rtasida keskinlik keltirib chiqardi.
Izoh (0)