Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasida 30-turning qoldirilgan o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda Londonning “Arsenal” klubi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Mazkur g‘alaba Arsen Venger jamoasini turnir jadvalida 3-o‘ringa olib chiqdi.
34-turdan keyin “Lester” 73 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib turibdi. “Tottenhem” hisobida 68, “Arsenal”da 63, “Manchester Siti”da esa 61 ochko bor.
Nazariy jihatdan olib qaraganda, “Manchester Siti” “Nyukasl”ga qarshi durang natijadan keyin mamlakat chempionligi uchun imkoniyatini yo‘qotib bo‘ldi. Oldingi to‘rt turdan birortasida “Lester” 1 ochkoni qo‘lga kiritsa, “shaharliklar” uni quvib yeta olmaydi. Boz ustiga, mazkur jamoalarning o‘zaro o‘yinida “Lester” zafar quchgan.
“Arsenal” esa nazariy jihatdan chempionlik uchun imkoniyatlarini saqlab turibdi. Oldindagi to‘rt turda “Lester” va “Tottenhem” klublari mag‘lub bo‘lib, Arsen Venger jamoasi ochko yo‘qotmasa, “Arsenal” uzoq kutilgan chempionlikka erishishi mumkin. “Lester”ning ehtimoliy yana bittagina g‘alabasi bu borada “Arsenal”ning imkoniyatini tamomila yo‘qqa chiqaradi.
Angliya Premyer-ligasi 30-turning qoldirilgan o‘yini 21-aprel, payshanba
Izoh (0)