Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Nodira Xusenova Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bir yo‘la uch chaqaloqni dunyoga keltirdi. Bu haqda UzReport xabar berdi.
Markaz shifokorlarning bildirishicha, bu yerda uch egizning dunyoga kelishi har yili uch yoki to‘rt marotaba kuzatiladi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Qirg‘izistonning O‘sh shahrida yashovchi Mayramxon Qodiraliyeva 17-aprel, yakshanbaga o‘tar kechasi bir o‘g‘il va ikki qizni dunyoga keltirgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)