Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kanada harbiy-dengiz kuchlari 2016-yilning boshidan buyon narkotrafikka qarshi CARIBBE xalqaro operatsiyasi davomida AQSh sohil qo‘riqlash xizmati bilan birgalikda 4,2 tonnadan ortiq kokain, 1,5 tonnadan ziyod marixuanani musodara qildi. Bu haqda Kanada mudofaa vazirligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: AP

Foto: AP

“2016-yili to‘rtta kemamizning birinchi navbatchilikka chiqishining o‘zi Karib dengizi va Tinch okeani sharqiy qismida narkotrafikka qarshi kurashda ajoyib natijalarni keltirdi. Kanadalik dengizchilarning hushyorligi va jonbozligi tufayli Shimoliy Amerika shaharlari ko‘chalariga bir necha tonna narkotik yetkazilishining oldi olindi”, — deya ta’kidlagan Kanada mudofaa vaziri Xarjit Singx Sajan.

Kanada, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Niderlandiya kemalari hamda samolyotlari safarbar etilgan CARIBBE xalqaro operatsiyasi 2006-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. Operatsiya Karib dengizi, Meksika bo‘g‘ozi, Lotin Amerikasi, jumladan, Ekvador va Kolumbiyaning Tinch okeanidagi qirg‘oqlarini narkotrafikka qarshi kurash maqsadida nazorat etib borishni ko‘zda tutadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi