Yevropa komissiyasi AQShning Google korporatsiyasini mobil telefonlar uchun operatsion tizimlar bozoridagi yetakchi mavqeini suiiste’mol qilishda va Android dasturiy ta’minotida ishlaydigan qurilmalarga o‘z dasturlarini majburiy o‘rnatish bilan raqobat prinsiplarini buzishda rasman aybladi. Komissiyaning bu boradagi bildirishnomasi bugun, 20-aprel kuni korporatsiyaga yo‘llandi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Bu boradagi tekshiruvlar bir yil muqaddam boshlangan edi. 18-aprel kuni YeI aksilmonopoliya qo‘mitasi rahbari Margret Vestager ishning ayrim tafsilotlarini oshkor qildi. Jumladan, Google monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzgani uchun Yevropa Ittifoqida 7,4 milliard dollar miqdoridagi jarimaga tortilishi mumkinligi aytildi.
Kompaniya ishlab chiqaruvchilarga Android operatsion tizimida ishlaydigan uskunalarga Google dasturlarini oldindan o‘rnatishni majburiy etib belgilagani Yevrokomissiyaning e’tirozlariga sabab bo‘ldi.
Regulyator idoraning fikricha, Google dasturlari Android operatsion tizimi bilan bevosita bog‘liq emas.
Izoh (0)